Maktab tarixi

Maktabning yaratilishi haqidagi ma'lumotlar

1981-yil bahorida Qarshi shahrining Nasaf ko’chasidagi “Selhozximiya tashkilotining eski binosida yangi maktab ochish haqida shahar hokimiyatining farmoni chiqdi Yangi maktab qurilishi haqidagi habar Darvozatutak, Gulshan mahallalari axli uchun juda quvonchli bo’ldi.

Shu yili moslashtirilgan binoda 14ta sinfdan iborat maktab tashkil etildi. Maktabda S.Axadov rahbar etib tayinlandi.

Maktabda 439-nafar o’quvchi jalb etildi. O’quvchilar o’z qullari bilan turli jixozlar tayyorlab sinf xonalarini boyita boshladilar. Sinfxonalarda texnika vositalari ko’rgazmalar paydo bo’ldi. Asta sekin maktabga qatnaydigan o’quvchilar soni kupaydi.

1982-1984 eillarda maktab jamoasining  kuchi bilan g’isht quyilib to’rtta qo’shimcha sinfxonasi qurildi, chilangarlik va duradgorlik ustaxonalari ham qad roslab o’quvchilar darsdan keyin foydali mexnatga jalb etildi. Sinflar soni 17taga o’quvchilar soni 537 nafarga etdi.

1984-1985 o’quv yillarida 37 nafar bitiruvchi maktabni bitirib katta haeotga yullanma oldi. Maktabni tugatgan bitiruvchilarning 13 nafari shu yilning o’zidayoq oliy o’quv dargoxining talabasi bo’lishga miyassar bo’ldilar. Bundan ruxlangan pedagoglar jamoasi ta’lim sifatini yanada yaxshilash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib kuch g’ayrat bilan ishga kirishdilar. Ular o’quvchilarni shahar va  viloyat olimpiadalariga tayyorladilar shogirtlar ham faxrli o’rinlarni egallay boshladilar.

Maktab ish boshlaganda 21 nafar o’qituvchi ish boshlagan bo’lsa 1984-1985 o’quv yilida ularning soni 44-nafarga yetdi.

1985-1986 o’quv yilida maktabning yangi majmuasi 520 o’rinli o’quv binosi sport va majlislar zali ishga tushirildi. Kabenit sestemasidagi keng yorug’ 25 ta sinfda 692 o’quvchiga 42 nafar malakali o’qituvchilar dars bera boshladi.

Maktabdagi yutuqlarning asosiy sababchilar bo’lgan o’qituvchilarning bir guruxi 1985 yili  Xalq ta’lim vazirligining Xalq  maorifi a’lochisi ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar. O’qituvchilardan N.Eshnazarov, B. Otaqulov, P.Toshevlarga berikgan bu nishon butun jamoaning yutug’i edi.

Yuqori natijalarga erishayotgan o’qituvchilar va o’quvchilarni moddiy rag’batlantirish uchun mablag’ kerek edi. Buning ham yuli topildi. Maktabda engil avtomobillarni tamirlash ustaxonasi qurildi. Gulam sexi, zarduzlik, tikuvchilik, duradgorlik ustaxonalari ochildi. Maxsulod ishlab chiqarish yulga quyildi undan tushgan daromad maktab xisobiga o’tkazilib o’quvchilarga stipendiya tashkil etildi. Maktab homiysi Qarshi neft gaz konlari qidiruv boshqarmasi har chorakda 10 o’quvchiga eng past ish haqi qiymatida stipendiya joriy qilindi. Bundan tashqari homiy tomonidan 1-4 sinf o’quvchilarga bepul nonushta tashkil qilindi.

Ta’lim tarbiya bilan bir qatorda jamoat ishlariga ham etibor kuchaya boshlandi.

1991-yilda maktabning 10 yilligi va shoir G’.G’ulomning 90 yilligi shahar miqiyosida keng nishonlandi va adibning xotira muzeyi ochildi.

Maktab QDU bilan shartnoma tuzib  iqtidorli o’quvchilarga dars berish uchun felologiya fanlari doktoti professor T.Nafasov, dotsentlar B.Yuldoshev, Yu.Temirov, R.Qiyomov, sanatkorlar S.Salimov, A.Abdunazarovlar ishga taklif etildilar.

1994-1995 o’quv yiliga gimnaziya sinfi ochildi taxlillar shuni ko’rsatadiki ginnaziyaning 1-sinf o’quvchilari oddiy maktabning 3-sinf kitobini bemalol o’qib gapirib beradilar. Pefagor jadvalini yod biladilar, ingliz tilida sinf jixozlari nomini to’liq ayta oladilar hamda 10 dan ortiq sherni yod biladilar. Bu o’quvchilarning ingliz tilidagi bilimlari oddiy 6-sinf o’quvchilarnikidan ustun ekanligi ma’lum bo’ldi. Tajriba yaxshi natija berdi.

1995-1996 o’quv yilida yana 2 ta sinf ochildi va boshlang’ich sinf o’qituvchilari K.Boboqulova, O.Boboqulova, M.Saidova, D.Orziqulova, S.Sharipovalarning samarali mehnatlari samarasi ularoq boshlangich sinf o’quvchilarning 100% o’zlashtirishiga erishildi.

Viloyat, respublika fan olimpiadalarida va iqtidorli o’quvchilar ko’rik tanlovlarida faxrli o’rinlarni egallagani uchun K.Boboqulova, M.Saidova, R.Bo’riyeva S.Botirova, L.To’lanova singari o’qituvchilarga   Xalq  maorifi a’lochisi ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Maktab hududi kichikroq bo’lsa ham ma’muriyat sportni rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelindi.1996-yili Qarshi shahar hokimi qaroriga asosan “Agroremstroytorgsnab” konserniga qarashli KMTS tashkiloti idorasining 0.52 gektar yer maydonini maktabga ajratib berildi.Buning natijasida ta’lim sifati oshdi va sport ishlari yanada rivojlandi.

Futbol, basketbol, volibol maydonlari qurilib foydalanishga topshirildi. Yillar o’tgan sayin o’quvchilarning sportgaqiziqishlari ortib shahar sport musoboqalarida baskrtbol,qo’l to’pi, futbol, valebol,musoboqalaridasovrinli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. O’qituvchilarning ko’p yillik tajribalari jamlangan uslubiy qo’llanmalari nashr qilindi.

S.Botirovaning “Ovqat hazm qilishorganlari bo’yicha umumiy hulosalar”R.Bo’riyevaning “ona tili va adabiyot darslarida perfektlardan foydalanish”, X.Narzullayevaning “Matemetika kursini o’qitishda yangi texnologiyaning qo’llanishi”, M.Hakimovaning “Ma’naviyat darslarida Prizident asarlaridan foydalanish” nomli metodik qo’llanmalarining taqdimoti shahar o’qituvchilar konfrensiyasida o’tkazildi va ularning tajribasi ommalashtirildi.

Respublika test markazining tashliliga ko’ra 1997-yili Qashqadaryo viloyati oliy o’quv yurtiga kirish bo’yicha maktabimiz o’quvchilari eng yuqori urinlarda turdi.

Yillar utib maktabning nufuzi yanada oshib bordi ustozlar safiga yosh bilimli tashabbuskor ustozlar qushila boshladi.

Maktab jamoasining mexnatlari har yil yakunida o’z ifodasini topib kelmoqda.

Maktab tashkil topganidan yani 1981 yildan 2012 yilga qadar maktab raxbarligini fidoiy jonkuyar ustoz S.Axadov boshqarib keldilar. Mashaqqatli mexnatlar samarasi sifatida S.Axadovning mexnatlari taqdirlanib 2000 yil Xalq  maorifi a’lochisi ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Nixoyat kup urinishlardan keyin 2007-2008 o’quv yilida 216 o’rinli 2 qavatli qushimcha binoni qurishga erishildi. Fan kabenitlari yangi mebillar texnika jixozlar bilan ta’minlandi. Barcha eski o’quv xonalari tuliq ta;mirdan chiqarildi. Sportzali ham  to’liq jihozlandi. Yaxshi sharoir o’qituvchilarning o’z ishiga ma’suliyat bilan  qarash natijasida maktabimiz o’quv ishlari buyicha yuqori natijalarga erishdi.

2012 yil maktabimizning fidokor jonkuyar rahbari S.Axadov nafaqaga chiqdilar. Yangi rahbar etib O.Tosheva tayinlandi. O.Tosheva rahbarlik qilgan 2012-2013 yillarda maktab yanada gullab yashnadi. Maktabda turli tuman tadbirlar, respublika viloyat miqiyosidagi semenarlar bevosita O.Tosheva rahbarligida tashkil etila boshladi. Maktabda obodonlashtirish ishlari jadallashtirilib bordi.

Maktabda tashkil etilgan o’quv jarayonlari, ma’navuy ma’rifiy ishlarni tashkil etishda O’TIBDO’ T.Baxtiyev, Sh.Davronova, MMTIBDO’lar T.Axmedov, S.Xazratqulovlarning benihoya hizmatlari beqiyos. T.Baxtiyev 1985 yildan maktabda ish faoliyatini boshlagan. O’quvchilarni fizika fani bo’yicha qiziqishlarini orttirib bir qator shagirtlar yetishtirib ustoz 1990-1993 yillar mobaynida tarbiyaviy ishlar buyicha direktor movuni bo’lib ishladi. Uning tashkilotchiligi jamoa balan tez til topishaolishi shahar xalq ta’limi bo’limining etiboriga tushdi. 1993 yildan  O’TIBDO’ bo’lib ishladi.

Qarshi shahridagi 21-umumiy o’rta ta’lim maktabining nufuzi obru etibori haqida gapirganimizda SH.Davronova nomini aytmaslikning iloji yo’q. Chunki har kimning hayotda o’rni bor. Bunga erishmoq juda mushkul. Mexnatsevarlik, fidoiylif yaxshi amallarigina bularga erishish mumkin. Sh.Davronova anashulardan biri sifatida jamoaga tanildi.

1995 yil Qarshi davlat universetetini tugatib kelib o’quvchilarga matematika informatikadan dars bera boshladi. Sh. Davronova yanada kuproq o’qib o’rganishga jaxon andozalariga mos yangicha talablarga mutanosib ta’lim usullaridan foydalanishga intildi.

Muallima erishgan yutuqlar sababi shundaki u o’zi o’qitayotgan fandan yomon o’zlashtiruvchi o’quvchilar bo’lishi mumkunligiga ishonmas edi.Uning mehnatlari besamar ketmadi. Unga “Xalq ta’lim a’lochisi” unvoni berildi.

2011 yil Sh.Davronova boshlang’ich sinflarda O’TIBDO’ vazifasiga tayinlandi. 2015 yil maktab rahbari O.Tosheva Qarshi shahar xotin qizlar qumitasining raisi etib tayinlandi.

Maktab jamoasi bir ovozdan maktab uchun eng munosib nomzod sifatida Sh.Davronova Nomzodini tavsiya qildilar. 21 yil shu maktab uchun fidokorona mexnat qilgan o’z kasbining moxir ustasi Sh.Davronova Qarshi shahridagi 21-umumiy o’rta ta’lim maktabida rahbar etib tayinlandi. U Rahbarlikni boshlagan ilk kunlardanoq eng avvalo ta’lim sifati va samaradorligiga etiborni qaratdi. O’qituvchilarning bilim darajasi o’z ustida ishlashi va o’qitilayotgan sinflardagi ta’lim sifati eng muhim ekanligiga etibor kuchaytiriladi.

Fan xonalari labaratoriya jixozlari sport anjomlari zamonaviy talablardan kelib chiqib yaxshilanib borildi.

Maktabda doimiy ravishda viloyat, shahar miqiyosidagi semenarlar tadbirlar o’tkazilib kelinadi.

Maktabda yosh ijodkor fidoiy ustozlar safi tobora kengayib bormoqda. Bular Z.Amirqulova, L.Samadova, L.Ergashova, G.Sharipova, M.Qodirova, Yu.Madaminova singari ustozlar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda maktab ikki navbatda o’z faoliyatini davom ettirmoqda maktabda 90 ga yaqin ustozlar 1335 nafar o’quvchilarga ilm sirlarini egallashda jonbozlik kursatishmoqdalar.